Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalida mina o‘rnatilgan mashina portlashi oqibatida 90dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Foto: REUTERS
Mogadishoda sodir etilgan terakt oqibatida 90dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Somali parlamenti a'zosi Abdurazzoq Muhammad ma'lum qildi.
Uning o‘z tvitterida yozishicha, "90dan ortiq kishi, jumladan 17 nafar politsiyachi, 73 nafar tinch aholi va to‘rt nafar xorij fuqarosi" halok bo‘lgan.

Associated Press agentligining yozishicha, minalashtirilgan avtomobil Somali poytaxtidagi gavjum o‘tkazish punktida portlatilgan. Politsiyaning ma'lumotiga ko‘ra, hujum nishoni soliq xizmati bo‘lgan. Portlash tig‘iz vaqtga to‘g‘ri kelgan.
Hozircha portlash uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.
Mavzuga oid
14:52 / 19.02.2026
Parijdagi so‘l partiya ofisi portlash tahdididan so‘ng evakuatsiya qilindi
09:58 / 12.02.2026
Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portladi
11:16 / 31.01.2026
Buxoroda ko‘p kvartirali uy portladi
12:07 / 06.01.2026