Kun.uz saytida tört kun avval 24 dekabr kuni Andijon viloyati, Andijon tumani, «Zangibobo» MFYdagi Porloq köçasida mavjud elektr ta'minotidagi muammolar haqida tanqidiy maqola berilgan edi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ maqolada keltirilgan kamçiliklar örganib çiqilgani, kamçiliklar bartaraf etilayotgani böyiça ma'lumot taqdim etdi.

«Joriy yilning 24 dekabr kuni Kun.uz axborot sayti orqali Andijon tumani, «Zangibobo» MFY Porloq köçasida yaşovçi aholi xonadonlaridagi elektr energiyasi ta'minotida muammolar borligi böyiça «Buning nimasi Porloq köça?» – Andijon tumanidagi bolalar faqat kunduzi dars tayyorlaydigan mahalla» sarlavhali tanqidiy maqolasi e'lon qilindi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan xabarda kötarilgan vaziyat örganildi hamda vaziyatga oydinlik kiritib şuni ma'lum qiladi.

Ma'lum bölişiça, uşbu köça P/S Oxunboboyevdan çiquvçi Qurama elektr uzatiş tarmoğiga ulangan 1151/250-sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadi. Mazkur hudud Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 2661 qarori böyiça 2020 yil Davlat dasturga kiritilgan bölsa-da jamiyat Boşqaruv raisining topşiriğiga asosan joriy yilda loyiha işlari tugatilişi belgilandi.

Jamiyat boşqaruv raisining topşiriğiga asosan «Andijon HETK» AJ boş direktori A.Jörayev boşçiligidagi işçi guruh tomonidan kamçiliklar örganib çiqildi va  «Zangibobo» MFY Porloq köçasiga yangi zamonaviy 14 dona SV-105 beton tayançlar olib kelindi. Maxsus texnikalar yordamida 9 dona beton tayanç örnatildi. Uşbu işlar natijasida aholi xonadonlari elektr ta'minoti yaxşilanişi va sifatli energiya ta'minoti yangi yil bayramiga munosib sovğa bölişi uçun  işlar jadal tarzda davom etmoqda.

Şu örinda, hududda mavjud kamçiliklarga befarq bölmagan Kun.uz axborot saytining jonkuyar jurnalistlariga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz», deyiladi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati xabarida.