Yapon sohilbo‘yini qo‘riqlash xizmati shimoliy koreyalik deb taxmin qilinayotgan yetti kishining jasadi bo‘lgan qayiqni topdi. Bu haqda Kyodo xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, qayiq 27 dekabr kuni Niigata prefekturasidagi Sado oroli sohilida aniqlangan, ammo yomon ob-havo tufayli u ertasi kuni tekshirilgan.

Sohilni qo‘riqlash xizmati xodimlari qisman chirib ketgan yettita jasadni topishdi.

Tekshiruv paytida yog‘och qayiqning bortida koreys iyerogliflariga o‘xshash qizil bo‘yoqdagi yozuvlar aniqlandi. Mutaxassislar halok bo‘lganlar KXDR fuqarolari bo‘lgan-bo‘lmaganligini tekshirmoqda.