Videoda mazkur bandlik agentligi tomonidan Litvaga işga jönatilganlardan 60 kişi ularni heç kim u yerda kutib olmagani, oziq-ovqat va yotoq puli uçun mardikorlik qilib kun keçirişayotgani hamda kun ötişi uçun turli oğir mehnatlarni bajarişga majbur bölişayotganini  bayon qilişgan.

Biz mazkur murojaatni örganiş uçun Samarqanddagi «AMILEE BAHORA» xususiy bandlik agentligining Registon köçasida joylaşgan ofisiga bordik. Bu yerda bandlik agentligidan norozi köplab fuqarolarga duç keldik. Biz qiziqqan dastlabki jihat — fuqarolar xorijga işga jönatilişi uçun eng kamida 25-30 millionlab pul sarflaşgan.

Ayni paytda va'da qilingan işga erişa olmasdan xorijda sarson bölganlar ham bor. Boşqalarning sarson bölayotganini körib, fikridan qaytib pulini qaytarib oliş dardida bölganlari ham bor. Şuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatiga kiriş uçun viza ololmaganlari ham pulini qaytarib oliş dardida.

Bandlik agentligi yuristi Jahongir Tohirov xorijga borganlar şartnomada körsatilgan işni qilmasdan qaytib kelişganini ma'lum qildi. Işlayotganlar heç qanday tösiqsiz, maza qilib yurganini aytib, Litvada turib «xor böldik, oç ötiribmiz», deganlar esa tuhmat qilayotganligini ma'lum qildi.

Biroq xorijdan aloqaga çiqqanlardan biri hanuz maoşlarini ololmayotganini aytdi.

Murojaatçilarning ayrimlariga Armaniston poytaxti Yerevandagi Litva elçixonasi orqali Yevropa Ittifoqiga ötkaziş, söngra ularni Germaniyada katta maoşli iş bilan ta'minlaş, jumladan, yuk maşinalari haydovçiligi va'da qilingan. Aslida esa ular kam maoşli boşqa oğir işlarga jalb qilinganligini aytişmoqda.

Murojaatçilar bu borada içki işlar bölimi, prokuratura, viloyat hokimligiga murojaat qilişgani, biroq pullarini undiriş borasida biror sezilarli harakat amalga oşirilmaganini ta'kidlaşmoqda.