Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Kolumbiya prezidenti Ivan Dukeni Venesuelaning milliy duşmani deb atadi. Maduroning ta'kidlaşiça, Venesueladagi vaziyatni izdan çiqarişga barça urinişlar ortida rasmiy Bogota turibdi.

Maduro bunday bayonot bilan Karakasda harbiylar oldida çiqdi. U harbiylarni va Kolumbiya bilan çegaradoş ştatlardagi xalq mudofaa kuçlarini ogoh va şay bölişga çaqirgan.

Bir hafta avval Venesuelada muxolifat mamlakat janubidagi harbiy bazaga hujum sodir etgan. Buning oqibatida bir harbiy halok bölgan. Keyinroq mamlakat axborot va kommunikatsiyalar vaziri Xorxe Rodriges hujumni sodir etganlar Kolumbiyadagi maşğulot lagerlarida tayyorgarlikdan ötganlarini ma'lum qilgan.