Amerikalik astronavt Kristina Kox ayollar örtasida koinotda qoliş böyiça rekord örnatdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.  

Kox Xalqaro koinot stansiyasida 14 martdan beri qolmoqda. 28 dekabr kuni uning XKSdagi parvoziga 289 kun bölgan.   

Şu tariqa amerikalik fazogir hamkasbi Peggi Uitsonning rekordini yangilagan. Uitson öz vaqtida orbitada 288 kun bölgan.

Yangi rekordçi XKSda 2020 yil fevraligaça qolişi kutilmoqda.