Avstraliya janubida o‘rmon yong‘inlari tufayli deyarli 30 ming sayyoh evakuatsiya qilindi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi. 

Sayyohlar Melburndan 250 km sharqda joylashgan Jipslend viloyatida bo‘lganlar. Shuningdek, Fernell, Tambun va Janubiy Tambun shaharlari aholisiga o‘z uylarini tark etishga to‘g‘ri kelgan.

Viktoriya shtatida 16 ta katta ko‘lamli yong‘in qayd qilingan. Ob-havo mutaxassislarining ta'kidlashicha, ob-havo sharoiti vaziyatni yanada murakkablashtiradi.

Ko‘plab shaharlarda 40 darajali harorat o‘rnatiladi, 31 dekabrda esa shamol kuchayib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. 

Avstraliyada tabiiy yong‘inlar oktabr o‘rtasidan beri davom etmoqda. Yong‘inlar 8 kishining, jumladan ikki qutqaruvchining o‘limiga olib kelgan, 30 dan ko‘proq kishi jarohat olgan.