Trampning Twitter’dagi akkaunti vaqtinchalik bloklab qo‘yildi
O‘tgan dam olish kunlari AQSh prezidenti Donald Trampning unga qarshi impichment jarayoni boshlanishiga asos bo‘lgan axborotni bergan ehtimoliy xabarchi shaxsi oshkor qilingan tviti Twitter kompaniyasi tomonidan bloklandi.
Shundan keyin Tramp kompaniyani ushbu bloklash millionlab foydalanuvchilar akkauntlariga ta'sir qilganligida ayblagan.
28 dekabrda AQSh prezidenti ehtimoliy xabarchining ismini oshkor qilgan tviti ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan yo‘qolib qolgan. Biroq ertasi kuni xabar ayg‘oqchining ismi olib tashlangan holda yana paydo bo‘lgan.
Twitter buni “tizimdagi nosozlik” bilan tushuntirgan. Ta'kidlanishicha, ushbu nosozlik vaqtida ba'zi foydalanuvchilar, jumladan prezidentning akkauntlariga zarar yetgan.
Kompaniya matbuot kotibining ta'kidlashicha, Twitter siyosatiga ko‘ra, inson, jumladan yashirin xabarchi haqidagi shaxsiy ma'lumotni oshkor qiluvchi tvitlar kompaniya qoidalarining buzilishi hisoblanadi. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, ismlar shaxsiy ma'lumotlar sirasiga kirmaydi.
Demokratlar, ba'zi respublikachilar va AQSh razvedkasi a'zolari yashirin xabarchining shaxsini oshkor qilishga urinishlarni noqonuniy deb atab, bunga qat'iy e'tiroz bildirishgan.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, xabarchi Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ilk telefon suhbatida AQSh prezidenti tomonidan ukrainalik hamkasbiga bosim o‘tkazishga urinish alomatlari bor deb hisoblab, suhbat haqida tegishli idoralarga xbar bergan. Aynan shu ma'lumot Trampga qarshi impichment jarayoni boshlanishiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
23:47 / 14.08.2024
X ijtimoiy tarmog‘i noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodimiga 550 ming yevro kompensatsiya to‘laydi
10:11 / 01.11.2023