Şifokorlar şuni ta'kidlaydiki, yurak kasalliklari ölimga olib kelmasligining eng yaxşi çorasi — atigi 5 odatdan voz keçiş.
1 odat. Har kuni fastfud va dökonlardagi yarimfabrikatlar tanovul qiliş
«Tezkor ovqatlar» tarkibida yurak va tomirlar salomatligini yomonlaştiruvçi komponentlar bor:
- köp tuz — u sababli arterial qon bosimi va yurakka yuklama ortadi;
- davriyligi turli xil bölgan aminlar — harorat ortişi ta'sirida yuzaga keladigan moddalar. Ular qon bosimini oşiradi;
- töyingan yoğlar — xolesterin ortişini qözğatadi, u esa tomirlarda qon yurişini sekinlaştiruvçi tangaçalar hosil qiladi;
- trans-yoğlar (margarin yoki ösimlik-sutli aralaşmalar). JSST ma'lumotlariga köra, trans-yoğlar yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 21 foizga oşiradi;
- şakarli mahsulotlar — uşbu «böş kaloriyalar» organizmda teri osti yog şaklida töplanadi.

Şuningdek, iste'moli butunlay bekor qilinişi kerak bölgan mutlaqo yomon ovqat yöqligini inobatga oliş kerak. Agar siz odatda soğlom ovqatlansangiz — dasturxoningizda muntazam ravişda sabzavot, meva, butun donli non, buğdoyning qattiq navidan tayyorlanadigan makaron mahsulotlari, yoğsiz göşt yoki baliq bölsa, demak sizda haftasiga ikki marta burger, bir qadoq çips yoki bir stakan koka-kolaning zarari bölmaydi.
Asosiysi, fastfudni bir porsiyadan ortiq iste'mol qilmaslik va har kuni köça ovqatini buyurtma qilmaslikdir. Buning jiddiy sabablari bor: qovurilgan kartoşkani haftasiga uç yoki undan köp marta iste'mol qiladigan odamlarda erta ölim xavfi tuğilişi isbotlangan.
2 odat. Kamharakat turmuş tarzi
Yurak-qon tomir kasalliklari ötirişga asoslangan turmuş tarzi tufayli rivojlanadi. Bu ötgan asrning 90-yillaridan beri ma'lum. Ammo yetarliça harakat qilinayotganini qanday biliş mumkin?
Amerika olimlarining bundan beş yil oldingi tadqiqot xulosalari şuni isbotladiki, agar odam kuniga beş soatdan köproq vaqt bir joyda ötirsa, uning yurak arteriyalari mört va himoyasiz bölib qoladi. Işdan keyin sport zaliga boriş buni bartaraf etolmaydi.














