Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi quriladigan avtobus bekatlariga bepul Wi-Fi o‘rnatiladi
Toshkent shahrida namunaviy dizayn asosida avtobus oraliq bekatlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Unda oraliq avtobus bekatlarining namunaviy dizaynini quyidagicha belgilash taklif etilgan:

Hujjatga bekatlar joylashtiriladigan yer uchastkalarini tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muddatli foydalanish huquqi asosida (vaqtinchalik) ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham ilova qilingan.
Unga ko‘ra, bekatlarni ijaraga olishni istovchi jismoniy va yuridik shaxslarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- aholi uchun bepul internet tarmog‘i (Wi-Fi);
- avtobuslar qatnov jadvali va kelish vaqtini ko‘rsatuvchi elektron tablo;
- kuzatuv kamerasi (ma'lumotlarni saqlash xotirasiga ega bo‘lgan);
- milliy hunarmandchilik yoki zamonaviy dizayndagi o‘rindiqlar;
- chiqindi tashlash qutilari;
- mobil qurilmalar quvvatlash manbayi;
- imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus pandus.
Talabgor bekatdan foydalanish davrida bekat devori va peshtoqlariga reklama joylashtirishi, cash-in va cash-out funksiyalariga ega bankomatlar va vender (vendor) qurilmalari, QR-shtrixli kodi orqali elektron kutubxonalarni o‘rnatish huquqiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:30 / 23.06.2026
Toshkentda bo‘yoq hididan zaharlangan uch fuqaro qutqarildi
11:45 / 22.06.2026
O‘zbekistonda odamsimon robotlar ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi
10:05 / 22.06.2026