Özbekistonda avtotransport vositalarining texnik körikdan ötganligi töğrisidagi talon sertifikat bilan almaştirilişi mumkin. Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilingan hujjat loyihasida aytilgan.
Transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibiga kiritilişi möljallangan özgartirişga köra, texnik körikdan ötgan transport vositalariga tegişli dalolatnoma tuziladi.
Texnik körikdan ötgan transport vositasining egasiga DYHXX organi xodimi transport vositasi texnik holatining transport vositalari xavfsizligi böyiça texnik reglamentlarga muvofiqligi töğrisida sertifikat beradi.

Bildirilişiça, sertifikat keyingi texnik körikka qadar saqlanadi.
Ma'lumot uçun:
Sertifikatlar soxtalaştirişdan himoya qilişning bir neça darajasiga ega, bardoşli va egiluvçan materiallardan tayyorlanadi (A7 ölçami), maxsus öqiş vositalari (dasturlar) yordamida tezda tanib oliş uçun ma'lumot, maxsus elektron yorliq (NFC Smart-çip)ga ega böladi, bu qurilmalar örtasida kontaksiz ma'lumot almaşinuvini ta'minlaydi.
Sertifikatlarni işlab çiqariş uçun taklif etilayotgan texnologiya:
xodim tomonidan berişda uni qölda rasmiylaştirilişini istisno qiladi (ma'lumotni kiritiş va elektron sertifikat yorliğini faollaştiriş innovatsion texnologiyalar yordamida maxsus qurilma tomonidan amalga oşiriladi);
transport vositalarini harakatlaniş jarayonida töxtatmasdan, texnik körikdan ötganligini aniqlaşning soddalaştirilgan boşqaruv sxemasini qöllaşga imkon beradi.
Yölning qatnov qismidan yuqorida (ustunlar, yöl ötkazgiçlar, videokuzatuv kameralarini örnatiş uçun mavjud konstruksiyalar va boşqalar) maxsus öqiş qurilmasi örnatiladi.
Qurilmalar texnik körikdan ötmagan transport vositalarini oqim içida aniqlaşni ta'minlaydi, şuningdek, soxta va muddati ötgan sertifikatlarni aniqlaydi.

















