Turkiyada Renault va Nissan kompaniyalari sobiq rahbari Karlos Gon Yaponiyadan Livanga Istanbul orqali qoçişi böyiça qözğatilgan tergov işi doirasida yetti kişi hibsga olindi. Bu haqda Turkiya IIVga tayanib Daily Sabah gazetasi xabar berdi.
Qölga olinganlarning tört nafari uçuvçilardir, deb yozadi gazeta. Avvalroq Yaponiya prokuraturasi Gonning Tokiodagi uyida tintuv ötkazgani xabar qilingandi.
31 dekabr kuni Fransiya, Braziliya va Livan fuqaroligiga ega bölgan Gon Livanga kelgani ma'lum bölgandi.
OAV ma'lumotlariga köra, Gon Yaponiyani 30 dekabrda tark etişga muvaffaq bölgan. Uning Tokiodagi uyiga yollanma şaxslar guruhi yangi yil bilan tabriklaş bahonasida musiqaçilar körinişida kirib, uni musiqa asbobi ğilofida olib çiqib ketişgan. Yaponiya xavfsizlik xodimlari şubhali heç narsa sezişmagan.
Söngra Gon kiçikroq aeroportga olib borilib, u yerdan Turkiyaga, söngra xususiy samolyotda Livanga uçib ketgan. Gon Yaponiya çegarasini qonuniy ravişda kesib öta olmagan, çunki uning Livan, Fransiya va Braziliya pasportlari uning advokatlarida bölgan.
Ma'lum qilinişiça, Livanda Gon prezident Mişel Naim Aun bilan uçraşib, davlatdan xavfsizlik kafolatini olgan. Ta'kidlanişiça, Livan fuqaroligiga ega bölgan Nissan’ning sobiq rahbari Livanda katta hurmatga ega. Bundan taşqari, Livan va Yaponiya örtasida ekstraditsiya haqida kelişuv yöq.
Yaponiyada moliyaviy firibgarliklarda ayblangan Gon 2018 yil kuzida hibsga olinib, 2019 yil martida garov puli evaziga ozodlikka çiqarilgan. Unga Yaponiyani tark etiş va rafiqasi bilan muloqot qiliş taqiqlangan edi. U Yaponiyada 80 mln dollarlik daromadni yaşirişda ayblanmoqda.

















