Nissan avtomobilsozlik konsernining sobiq rahbari Karlos Gon Yaponiyadan Livanga qoçişini özi taşkillaştirgani, bunga yaqinlarining aloqasi yöqligini ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
“OAVning rafiqam Karol va oilamning boşqa a'zolari Yaponiyadan ketişimga aloqadorligi haqidagi ta'kidlari yolğon va haqiqatga mos kelmaydi. Men ketişimni özim taşkillaştirdim. Mening oilamning bunda heç qanday roli yöq”, deb aytilgan Gon bayonotida.
31 dekabrda Yaponiyada moliyaviy firibgarliklar uçun uy qamoğida uşlangan Gon Yaponiyadan Livanga qoçib ketgani ma'lum qilingan. Keyinroq uning özi Livanda ekanini tasdiqlagan.
The Wall Street Journal naşri vaziyatdan xabardor manbalarga asoslanib, Gonning Yaponiyadan qoçişi uning yaqinlari tomonidan bir neça hafta davomida rejalaştirilgani, uning rafiqasi bunda asosiy rollardan birini öynaganini ma'lum qilgan.
Ta'kidlanişiça, Gon Tokiodagi uyidan musiqa asbobi ğilofida olib çiqib ketilgan bölişi mumkin. Söngra u Turkiyaga, u yerdan Livanga yetkazilgan.
Turkiyada Gonning Istanbulga kelişi yuzasidan tergov taşkillaştirilib, uning doirasida 7 kişi, jumladan 4 uçuvçi hibsga olindi.

















