2019 yilda 40 foiz soliq tizimi xodimlari attestatsiyadan o‘ta olmagan. Ular ishdan bo‘shatildi

Foto: KUN.UZ
Bugun, 4 yanvar kuni yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining mazmun-mohiyati bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
DSQ raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev soliq tizimida uchrayotgan korrupsiya bo‘yicha ma'lumot berib o‘tdi.
“Biz hududlarda uchrayotgan korrupsiyaviy holatlar yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazib turamiz. Masalan, o‘tgan yili Samarqand viloyatida tadbirkorlardan pul talab qilgan xodimlarni prokuraturaga berganmiz. Respublika bo‘yicha sohada 11,5 mingta mutaxassis ishlayotgan bo‘lsa, 2019 yildagi attestatsiyada deyarli 40 foizini bo‘shatdik.
To‘g‘ri, korrupsiyaga to‘liq barham berilgani yo‘q. Korrupsiya bor ekan, tizimni joyiga qo‘ya olmaymiz. Unga qarshi kurashish bizning birinchi navbatdagi vazifamiz. Bu muammoni bir yilda yo‘qota olmasligimiz mumkin, ammo uch yilda to‘liq soliq tizimini davlatga, korxona-tashkilotlarga zamonaviy xizmat ko‘rsatadigan organga aylantirmoqchimiz. Bu yilda tadbirkorlarni tekshirish bo‘yicha moratoriy tugaganiga qaramasdan, jarayon qaytadan boshlanmaydi.
Soliqchilar 400 mingta korxona bo‘lsa, shundan 2 mingtasini tekshirishi mumkin. Bu degani 0,5 foiz degani. Men DSQ raisi o‘rinbosari sifatida aytishim mumkinki, biz buni qilmaymiz. O‘zimizdagi mutaxassislarni tayyorlashimiz kerak. Nimani tekshirish, qanday tekshirish lozim, degan savollarga javob olishimiz kerak. Oldingi vaqtdagidek korxonalarga borib, yoppasiga yotib olish niyatimiz yo‘q”, - dedi M. Mirzayev.
Shuningdek, anjumanda soliq sohasiga oid ayrim statistikalar taqdim etildi. Masalan, 13 ta soliq turidan 4 tasi bekor qilindi, 2019 yil yakunida respublika bo‘yicha daromad solig‘i to‘lovchilar soni 5,03 mln kishini tashkil etdi.
DSQ raisi o‘rinbosari yangi soliq tizimida imtiyozlarning bekor qilinishi sababini izohladi
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi
Jahon | 23:50 / 02.07.2025
-
Andijonda profilaktika inspektori pichoqlandi, Qo‘yliq yo‘lida megatirbandlik yuzaga keldi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:39 / 02.07.2025
-
Ozarboyjon–Rossiya ziddiyatlari nimadan darak?
Jahon | 23:12 / 02.07.2025
-
Yevropa AQShning Kiyevga zenit raketalari yetkazib berishni to‘xtatish qaroridan «hayratga tushdi»
Jahon | 23:03 / 02.07.2025
Mavzuga oid

11:26 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti

15:54 / 03.04.2025
Nega qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliq bekor qilinyapti?

15:16 / 03.04.2025
Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi

10:48 / 03.04.2025