Kompyuter texnologiyalariga ixtisoslashgan CNET portali tahririyati poyoniga yetgan 2019 yilning yaxshi smartfonlari ro‘yxatini tuzdi.
Portal talqiniga ko‘ra, 2019 yilning eng yaxshi iOS-smartfoni deb iPhone 11 tan olindi.

Foto: Justin Sullivan/Getty Images
Android operatsion tizimida ishlovchi eng yaxshi model sifatida Samsung’ning Galaxy Note 10 Plus smartfoni e'tirof etildi. Narx va texnik ko‘rsatkichlar mutanosibligi borasida OnePlus 7 Pro eng yaxshi deb topildi.

Foto: Getty Images
Portal eng yaxshi ixcham qurilma sifatida Samsung Galaxy S10E’ni, eng muvaffaqiyatli hamyonbop model sifatida Motorola’ning Moto G7 smartfonini ko‘rsatgan.
















