Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Sulaymoniyning o‘limidan keyin Iroqda harbiylarni o‘qitishni to‘xtatdi
NATO Eron generali Qosim Sulaymoniyning o‘limidan keyin Iroqdagi kuch ishlatish tuzilmalari vakillarini o‘qitishni to‘xtatdi. Bu haqda alyans vakili vazifasini bajaruvchi Dilan Uayt ma'lum qildi.
"NATO missiyasi davom etadi, ammo mashg‘ulotlar olib borish hozircha to‘xtatildi", - deya Uaytning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Frans Press agentligi.
NATO vakilining bildirishicha, alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg, "so‘nggi voqealardan kelib chiqib" AQSh mudofaa vaziri Mark Esper bilan telefon orqali muloqot qilgan.
NATOning Iroqdagi missiyasi Bag‘dodning iltimosiga binoan mamlakat kuch ishlatish tuzilmalari vakillarining tayyorgarligi bilan shug‘ullanadi.
3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod aeroporti hududida AQSh aviazarbalari oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) tarkibidagi «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy halok bo‘ldi.
Eron oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Xominaiy Iroqda general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgani sababli mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qildi va AQShdan buning uchun qasos olinajagini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026