Özbekistonda işonç telefonlari bilan boğliq muammolarni bartaraf etiş taklif qilinmoqda. Tegişli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylaştirildi.
Qayd etilişiça, işonç telefonlari fuqarolar duç kelişi mumkin bölgan muammolarini bartaraf etişlarida qulay vositalardan biri. Şunday ekan, ulardan foydalanişni yanada qulaylaştiriş maqsadga muvofiq bölişi aytiladi.
“Şu kunlarda, biz murojaat qilayotgan işonç telefonlari nega işlamayapti, nega ularga heç kim javob bermayapti, nega boşqa manzilga tuşyapmiz qabilidagi savollar barçani öylantirayotgani rost.
Soğliqni saqlaş, ta'lim, iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş tizimlarida, şuningdek, huquqni muhofaza qiliş organlarida işonç telefonlariga javob beruvçi mutaxassislarni köpaytiriş zarur.
Barça işonç telefon raqamlarini özida mujassamlaştirgan internet sayti yaratilganida, biz murojaat yöllamoqçi bölgan muassasaning işonçli raqamini topişimiz oson bölar edi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Bundan taşqari, işonç telefonlariga javob bermaganlik uçun javobgarlikka sabab böladigan holatlarning röyxatini tuziş xalq bilan böladigan muloqotga yanada mas'uliyat bilan yondaşişga sabab bölişi bildirilgan.
“Heç kimga sir emaski, köplab taşkilot va muassasalarda, iste'molçi yoki mijoz bilan boğliq ziddiyatli vaziyatlar işonç telefonlariga murojaat etişni taqozo etadi. Şu maqsadda, onlayn rejimda murojaatçilar sonining körinib turişi yoki murojaatlarni qabul qilişning onlayn yölga qöyilişi fuqarolar va mutasaddilar örtasidagi muloqotning şaffofligini ta'minlaydi”, - deyiladi petitsiyada.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, davlat organlari işonç telefonlarining töliq röyxatini özida aks ettirgan sayt yölga qöyilişi va işonç telefonlari bilan boğliq muammolarni örgangan holda mutasaddilarning javobgarligini nazarda tutuvçi me'yoriy hujjatlarni işlab çiqiş taklif qilinmoqda.

















