Eron oliy yetakçisi oyatulloh Ali Xominaiy Iroqda AQŞ harbiylari aviazarbasida halok bölgan Qosim Sulaymoniy örniga brigada generali Ismoil Ğanini Islom inqilobi soqçilari korpusining «Al-Quds» bölinmasiga qömondon etib tayinladi. Bu haqda Eronning Tasnim axborot agentligi xabar berdi. 

Ismoil Ğani

«Al-Quds» bölinmasiga qömondonlik qilişni muqaddas mudofaa [Eron-Iroq uruşi] vaqtida Islom inqilobi soqçilari korpusining atoqli qömondonlari qatoriga kirgan va «Al-Quds» ning şahid ketgan qömondoni bilan uzoq yillar birga xizmat qilgan brigada generali Ismoil Ğaniga topşiraman, deyilgan Xominaiy farmonida. 

Ma'lumotlarga köra, Ismoil Ğani bungaça Sulaymoniyning örinbosari bölgan. 

Qosim Sulaymoniy 2 yanvar kuni keçki payt Bağdod aeroportidan Iroq poytaxti tomon harakatlanayotganda AQŞ harbiylari tomonidan berilgan raketa zarbalari oqibatida halok böldi. U bilan birga Eron tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi Iroq şia guruhlari qömondoni örinbosari Abu Mahdiy al-Muhandis va yana 10 kişi halok bölgan.

Eronda Sulaymoniy halok bölişi munosabati bilan uç kunlik motam e'lon qilindi. Xominaiy generalning öldirilişi javobsiz qoldirilmasligiga va'da bergan.