AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida eronlik general Qosim Sulaymoniyning ölimi bilan tugagan operatsiya haqida fikr bildirdi. Bu Trampning operatsiya haqida ilk fikrlari böldi.

«Eron heç qaçon uruşda ğolib bölmagan, ammo heç muzokaralarda yutqazmagan», deb yozdi AQŞ prezidenti.

Keyingi tvitlarida Tramp bevosita Qosim Sulaymoniy haqida yozdi.

«General Qosim Sulaymoniy minglab amerikaliklarni öldirdi yoki jarohatladi. U yana köpçilikni öldirişni rejalaştirayotgandi, ammo qölga tuşdi! U millionlab odamlarning, jumladan Erondagi namoyişçilarning öldirilişi uçun javobgar.

Eron buni tan olişni xohlamayotgan bir vaqtda Sulaymoniydan Eronning özida qörqişar va undan nafratlanişardi. Ular rahbarlari taşqi dunyoni işontirişga urinayotgan darajada xafa emas. U ança yillar oldin qölga olinişi kerak edi», deydi Tramp.

Tramp navbatdagi postlarida Iroq ustidan nazorat haqida gapirdi: «AQŞ Iroqqa har yili milliardlab dollar pul sarflayapti. Bu biz qilişimiz mumkin bölgan eng köp narsa. Iroqliklar ularni Eron nazorat qilişini xohlaşmaydi, bu ularning tanlovi. Sönggi 15 yilda Eron nazoratni tinimsiz oşirib bordi. Iroqliklar esa bundan xursand emas. Bu heç qaçon yaxşilik bilan tugamaydi».

2 yanvardan 3 yanvarga ötar keçasi Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) qömondoni general Qosim Sulaymoniy AQŞ harbiylari tomonidan ötkazilgan operatsiya oqibatida halok böldi. Uning maşinasi masofadan turib boşqariladigan dron yordamida öqqa tutilgan va Sulaymoniy halok bölgan. Uning şaxsi qölidagi maşhur uzugi yordamida aniqlandi.