Ertaga, 5 yanvar kuni 25ta saylov okrugida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga takroriy ovoz berish bo‘lib o‘tadi.  

Unda quyidagi partiyalardan nomzodlar ishtirok etadi:

  • O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi - 15 nafar;
  • O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi - 11 nafar;
  • O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi - 10 nafar;
  • O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi - 9 nafar;
  • O‘zbekiston Ekologik partiyasi - 5 nafar.

Takroriy ovoz berishda 50 foiz ovoz olish shart bo‘lmaydi, kim ko‘p ovoz olsa yetarli. Ovoz bergan saylovchilar soni ham muhim emas, atigi 1 kishi kelib ovoz bersa ham, takroriy saylov natijasi hisobga olinadi.

Takroriy ovoz berish bo‘ladigan 25ta saylov okruglari ro‘yxati:

8-Oqmang‘it
9-Andijon
32-Jizzax
33-Do‘stlik
35-G‘allaorol
36-Paxtakor
37-Sharof Rashidov
44-Sardoba
49-Uychi
56-Registon
57-So‘g‘diyona
67-Past Darg‘om
76-Sherobod
83-Oltinsoy
87-Angren
89-Bo‘ka
102-Yaypan
104-Uchko‘prik
106-Bag‘dod
117-Urganch
133-Shahrisabz
134-Yakkabog‘
135-G‘uzor
148-Ko‘kcha
150-Shayxontohur

Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.