Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarini boğlovçi Taxtiqoraça (Kitob) dovoni qayta oçildi. Bu haqda Avtomobil yöllari qömitasi xabar berdi.

«M-39 «Toşkent-Şahrisabz-Termiz» avtomobil yölining Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarini boğlovçi Taxtiqoraça (Kitob) dovonidan ötgan qismlarida 2020 yilning 4 yanvar kuni kuçli qor yoğişi va köriş imkoniyatlarining keskin pasaygani sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtinça töxtatilgan edi.

Bugun 2020 yil 5 yanvar kuni soat 8:30da M-39 «Toşkent-Şahrisabz-Termiz» avtomobil yölining Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarini boğlovçi Taxtiqoraça (Kitob) dovonidan ötgan qismlarida avtotransport harakati yölga qöyildi», deyiladi Avtomobil yöllari qömitasi matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq «Toşkent—Şahrisabz—Termiz» avtomobil yölining Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarini boğlovçi Taxtiqoraça (Kitob) dovonidan ötgan qismlarida 4 yanvar kuni kuçli qor yoğişi va köriş imkoniyati keskin pasayganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtinça töxtatilgani töğrisida xabar berilgandi.