Turkiyadagi aviataşuv xizmati körsatuvçi MNG Jet kompaniyasi xodimi agarda u keyinroq Nissan sobiq rahbari Karlos Gon ekanligi ma'lum bölgan kişini mamlakatdan olib çiqib ketişga yordam körsatmasa, oilasiga zarar yetkaziş bilan tahdid qilişganini aytdi. Bu haqda IHA agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lumot berişiça, MNG Jet amaliyot bölimining hibsga olingan boşliği Ökan Kösemen sobiq tanişi unga tahdid qilganini aytgan.

"Bayrutlik sobiq tanişim menga qönğiroq qilib xalqaro ahamiyatga molik iş borligini, agarda yordam bermasam, xotinim va bolamga zarar yetişini aytdi. Men qörqib ketdim. Men aeroportga samolyotda keltirilgan kişini boşqa samolyotga olib ötdim. Uning kimligini bilmadim", - degan u.

Avvalroq MNG Jet Gon Yaponiyani tark etganligi taxmin qilingan samolyot yölovçilari röyxatida uning ismi bölmaganligini bildirgandi. Kompaniyaning qayd etişiça, uning xodimlaridan biri ayrim ma'lumotlarni soxtalaştirganini tan olgan.

Avvalroq Turkiyada Karlos Gonning Yaponiyadan Livanga Istanbul orqali qoçişi böyiça qözğatilgan tergov işi doirasida yetti kişi hibsga olingani xabar qilingandi.

31 dekabr kuni Fransiya, Braziliya va Livan fuqaroligiga ega bölgan Gon Livanga kelgani ma'lum bölgandi.

OAV ma'lumotlariga köra, Karlos Gon Yaponiyani 30 dekabrda tark etişga muvaffaq bölgan. Uning Tokiodagi uyiga yollanma şaxslar guruhi yangi yil bilan tabriklaş bahonasida musiqaçilar körinişida kirib, uni musiqa asbobi ğilofida olib çiqib ketişgan. Yaponiya xavfsizlik xodimlari şubhali heç narsa sezişmagan.  

Söngra Gon kiçikroq aeroportga olib borilib, u yerdan Turkiyaga, söngra xususiy samolyotda Livanga uçib ketgan.  

Yaponiyada moliyaviy firibgarliklarda ayblangan Gon 2018 yil kuzida hibsga olinib, 2019 yil martida garov puli evaziga ozodlikka çiqarilgan. Unga Yaponiyani tark etiş va rafiqasi bilan muloqot qiliş taqiqlangan edi. U Yaponiyada 80 mln dollarlik daromadni yaşirişda ayblanmoqda.