Yaponiya adliya vazirligi Tokioda uy qamoğida bölgan Renault-Nissan-Mitsubishi alyansi sobiq rahbari Karlos Gon Yaponiyadan qoçib ketgandan keyin çegarada nazoratni qattiqqöllaştirişga körsatma berdi. Bu haqda adliya vaziri Masako Mori ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Morining aytişiça, Gon çegarani kesib ötgani haqida rasmiy yozuvlar bölmagani sababli u mamlakatni noqonuniy tark etgan. Vazir uşbu voqea yuzasidan batafsil tergov ötkazişga va'da bergan.
Morining ta'kidlaşiça, sud Gonning garov puli evaziga ozod qilinişi qarorini bekor qildi.
Yaponiyada sudlanişi kutilayotgan Gon 30 dekabrda Livanga qoçib ketdi.
2 yanvarda Livan muxsus xizmatlari Interpoldan Gon hibsga olinişi haqida sörov oldi. Biroq Bayrutda Gon Tokioga berilmasligi, çunki ikki davlat örtasida ekstraditsiya haqida kelişuv yöqligi aytilgan.
Karlos Gon Yaponiyada 2018 yil noyabrda 80 mln dollarlik daromadni yaşiriş ayblovi bilan hibsga olingandi. U ötgan vaqt içida bir neça marta garov puli evaziga ozodlikka çiqarilgan.

















