Oltin narxi 2,3 foizga oşdi va 2013 yil apreldagi rekorddan oşib ketdi. Hozirda uning bir unsiyasi (31,1 gramm) 1588,13 dollarga yetdi. Narx kötarilişiga Yaqin Şarqdagi vaziyatning keskinlaşişi sabab böldi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.
Boşqa qimmatbaho metallar narxi ham oşib ketdi. Palladiyning bir unsiyasi bahosi rekord - 2030,28 dollarga yetdi.
Kumuş narxi ham maksimumni qayd etdi va bir unsiyasi 18,5081 dollarni taşkil qilmoqda.
Agentlikning yozişiça, Goldman Sachs tahlilçilari oltin narxi neft narxiga nisbatan tezroq oşişini kutişmoqda.
2 yanvardan 3 yanvarga ötar keçasi Iroqda Amerika armiyasining zarbasi oqibatida Eron generali Qosim Sulaymoniy halok bölgaç, AQŞ va Eron örtasidagi munosabatlar keskinlaşdi.













