Özbekiston va Qirğiziston çegarasining belgilanmagan qismida ikki davlat çegaraçilari örtasida nizo kelib çiqdi, deb xabar berdi RIA Novosti Qirğiziston çegara xizmati matbuot xizmatiga tayanib.

Xabarda aytilişiça, Qirğiziston fuqarolari çorva mollarini qidirib çegaraning belgilanmagan qismiga kirişgan va Özbekiston çegara otryadiga duç kelişgan.

"Fuqarolar qöşni davlat harbiy xizmatçilari bilan aytişib qolişgan. Keyin esa dahanaki jang muştlaşuvga aylanib ketgan", - deyiladi xabarda.

Töqnaşuvni töxtatiş uçun Özbekiston harbiylari havoga ogohlantiruvçi öq uzişgan.

"Töqnaşuv natijasida jabrlanganlar yöq", - deb xabar berilmoqda.

Qayd etilişiça, hozirda ikki davlat çegara xizmatlari vakillari çegaradagi vaziyatning keskinlaşuviga yöl qöymaslik maqsadida uçraşuv ötkazmoqda.