«Bi-bi-si» u kimligi va u haqda nimalar ma'lumligi haqida material taqdim etdi.

«Biz barçamiz - uruş bolalarimiz. Biz jang maydonida safdoşlar edik va biz jang maydonida döstlaşdik», deydi Ğani Sulaymoniy bilan munosabatlari haqida.

Eronning ikkinçi raqamli odami Trampning buyruği bilan öldirildi. General Qosim Sulaymoniy özi kim edi?Tahdid, köz yoş va bayram — general Sulaymoniyning ölimi qanday reaksiya berdi?

Islom inqilobi muhofizlari korpusi töğridan-töğri böysunadigan Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy 4 yanvar kuniyoq «Al-Quds»ga Ismoil Ğani rahbarlik qilişini e'lon qildi va uni Erondagi eng yetakçi qömondonlardan biri sifatida ta'rifladi. Oyatulloh Ğanining boşqaruvi davrida ham «Al-Quds» Sulaymoniy davridagi kabi qudratini saqlab qolişiga işonç bildirdi.

Ğani köp yillar davomida soyada bölgan - u mahalliy naşrlarda ham, Ğarb naşrlarida kamnamo bölib kelgan.

U 1957 yilda Eron şimoli-şarqidagi Maşhad şahrida tuğilgan, xuddi Qosim Sulaymoniy kabi mamlakatda şoh hukmronligiga yakun yasagan 1979 yilgi inqilobdan keyin Islom inqilobi muhofizlari korpusiga a'zo bölib kirgan. U Sulaymoniy kabi Eronda şoh ağdarilişidan keyin kötarilgan kurdlar isyoni şafqatsizlik bilan bostirilişida iştirok etgan.

Keyin 1980-1988 yillarda milliondan ortiq kişi halok bölgan Eron-Iroq uruşida iştirok etgan, qurbonlarning aksari Iroq pozitsiyalariga bostirib borgan yengil piyoda jangçilar edi. Ğani bu janglardan omon qolgan, çunki u piyoda emas, qöşin qömondonlaridan biri edi.

«Köngillilar jangga kirganlar halok bölayotganini körib turardi, ammo biz buyruq berişimiz bilan ular ikkilanmasdan oldinga yurardi», deya eslaydi keyinçalik Ğani.

«U uruş vaqtida yulduzi porlagan köplab qömondonlardan biri edi», deya uruş vaqtida Ğani qöl ostidagi batalonda xizmat qilgan maşhadlik sobiq askarning sözlarini keltiradi Financial Times.

U uruşdan omon qoldi va «Al-Quds»ga kirib, Sulaymoniy bilan birga işlay boşladi hamda Islom inqilobi muhofizlari korpusining razvedka amaliyotlariga boşçilik qildi.