Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi «Busher» AES yonida ikkita yer silkinishi qayd etildi
AQSh Geologik xizmati (USGS) ma'lumotlariga ko‘ra, Erondagi «Busher» atom elektr stansiyasi yaqinida 4,9 va 4,5 magnitudali ikkita yer silkinishi yuz berdi.
USGS xabariga ko‘ra, 4,9 magnitudali yer silkinishi zilzila UTC vaqti bilan 2:20 (Toshkent vaqti bilan 7:20)da sodir bo‘lgan. Zilzila markazi Borazjon shahridan o‘n kilometr janubi-sharqda bo‘lgan, yer silkinishi o‘chog‘i o‘n kilometrlik yer tubida joylashgan.
4,5 magnitudali ikkinchi zilzila UTC vaqti bilan soat 3:19 (Toshkent vaqti bilan 8:19)da sodir bo‘ldi. Yer silkinishi markazi Borazjon shahridan 17 kilometr janubi-sharqda joylashgan, zilzila o‘chog‘i o‘n kilometrlik chuqurlikda bo‘lgan.
«Busher» atom elektr stansiyasi zilzilalar qayd etilgan joydan 48 kilometr masofada joylashgan. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026