Bugun, 8 yanvar kunidan boshlab osiyolik futbol muxlislarining diqqat-eʼtibori Tailandga qaratiladi. Ushbu mamlakatda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi hisob bo‘yicha 4-Osiyo chempionati boshlanadi. Quyida Tribuna.uz turnirga oid eng muhim ma'lumotlarni taqdim etadi.

 O‘zbekiston «o‘lim guruhi»da

Qit'amizning eng kuchli 16ta jamoasi ishtirok etadigan turnirda Tokioda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmalar ham o‘ynaladi. Chempionat yakuniga ko‘ra, sovrinli o‘rinlar sohiblari Tokio-2020ga yo‘l oladi.

 Tailanddagi Osiyo chempionatiga O‘zbekiston olimpiya jamoasi amaldagi chempion sifatida tashrif buyuradi. Yodingizda bo‘lsa, Ravshan Haydarov boshqaruvidagi vakillarimiz 2018 yil Xitoyda o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida qorli finalda Vetnam ustidan qiyin g‘alabaga (2:1) erishib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritishgandi. Turnirga qur'a tashlangach, ko‘pchilik mutaxassislar “o‘lim guruhi”, deya aynan «S» guruhini ko‘rsatishgan.

 «A» guruhi: Tailand, Iroq, Avstraliya, Bahrayn
«B» guruhi: Qatar, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Suriya
«C» guruhi: O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Eron, Xitoy
«D» guruhi: Vetnam, KXDR, Iordaniya, BAA

 TV-translatsiya

Milliy jamoalarimiz ishtirokidagi yirik musobaqalarni translatsiya qilib boruvchi «Sport» telekanali Osiyo chempionati bahslarini ham O‘zbekistonda namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan. Telekanal texnik va ijodiy guruhi turnirga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, nafaqat O‘zbekiston olimpiya jamoasi o‘yinlari, balki turnirdagi barcha uchrashuvlarni “jonli efir”da namoyish etishni rejalashtirgan.

 O‘yinlarimiz taqvimi