Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan taniqli tadbirkor Fattoh Şodiyev Rossiyaning «Döstlik» ordeni bilan taqdirlandi. Tegişli farmon mamlakat prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolandi.

Moskva Davlat xalqaro munosabatlar instituti rasmiy saytida xabar qilinişiça, ERG  (Yevrosiyo guruhi) va IMR (International Mineral Resources) egalaridan biri, Xalqaro Şodiyev fondining asosçisi, «MGIMO» Vasiylik kengaşi a'zosi va Universitet Endaumenti asosçilaridan biri, 1976 yilda institutning Xalqaro huquq fakultetini tamomlagan Fattoh Qayumoviç Şodiyev «Döstlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Qayd etilişiça, u madaniyat va san'at sohasidagi ulkan xizmatlari, köp yillik samarali faoliyati uçun orden bilan taqdirlandi.

Fattoh Şodiyev 1953 yil 15 aprelda Jizzax viloyatida tuğilgan, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini Xalqaro huquq ixtisosligi böyiça tamomlagan. Siyosiy fanlar nomzodi, Qozoğiston Respublikasi Tabiiy fanlar akademiyasi a'zosi.

F.Şodiyev «MGIMO»ni tugatganidan söng SSSRning Yaponiyadagi savdo missiyasi maslahatçisi (1976-1979 yillar), SSSR Savdo vazirligida sovet-yapon iqtisodiy munosabatlari böyiça yetakçi mutaxassis (1979-1989) bölib işlagan.

U toğ-kon sanoati, qayta işlaş, energetika, logistika va marketing sohalari böyiça integratsiyalaşgan korxonalarga ega tabiiy resurslarni özlaştiriş böyiça yetakçi guruhlardan sanaluvçi ENRC (Eurasian Natural Resources Corporation) şirkati egalaridan biri.

F.Şodiyev şuningdek, Bolqon yarim oroli, Zambiya va Janubiy Afrikada ferronikel, mis hamda kobalt qazib oliş böyiça aktivlarni birlaştirgan IMR (International Mineral Resources) kon metallurgiya şirkatining asosçilaridan biri hisoblanadi.