Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanida joylaşgan xonadondan uç kişining jasadi topildi. Bu haqda Boş prokuratura jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilişiça, 2020 yil 8 yanvar kuni Amudaryo tumani Qipçoq ovulida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan S.D.ga tegişli xonadonning yotoqxonasidan uning turmuş örtoği F.Ş. yuzining jağ va böyin sohasida tan jarohatlari bölgan holda va voyaga yetmagan, 2017 yilda tuğilgan qizi A.S.ning böğişga xos qotillik alomatlari bilan jasadlari topilgan.
Omborxonadan esa xonadon egasi S.D.ning öz joniga qasd qilib, özini-özi osib, vafot etgan holdagi jasadi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan şu kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












