AQŞ vitse-prezidenti Maykl Pens Eron öziga ittifoqdoş kuçlarga AQŞga tegişli manzillarga zarba bermaslik böyiça xabar yuborganini aytdi. Bu haqda Pens CBS`ga bergan intervyusida gapirgan.
«Biz Eron özining ittifoqdoş kuçlariga AQŞ manzillari va fuqarolariga zarba bermaslik böyiça signal yuborgani haqida razvedga ma'lumotlarini oldik. Umid qilamiz, bunday yaxşi xabarlar çiqişda davom etadi»,— degan Pens. Ammo AQŞ vitse-prezidenti gap aynan qaysi kuçlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Keça, 8 yanvar kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Yaqin Şarqda sodir bölayotgan voqealar yuzasidan bayonot berar ekan Eron va uning fuqarolari buyuk kelajakka munosibligini aytdi. Tramp Eronga tinçlik borasida kelişişni taklif qilib, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyaning AQŞ kabi Eron bilan yadro kelişuvidan çiqib yangi kelişuv tuzişi kerakligini yeçim sifatida körsatgandi.


















