2019 yil boşidan buyon Özbekistonning davlat qarzi 4,5 milliard dollarga yoki 30,9 foizga oşdi.

Moliya vazirligi Özbekiston Respublikasining davlat qarzi böyiça yangilangan statistikani e'lon qildi.

Vazirlik ma'lumotlariga köra, 2019 yil 1 oktabr holatiga köra Özbekiston Respublikasi hukumati nomidan yoki uning kafilligi ostida olingan qarzlar miqdori 19,2 milliard dollarni yoki yalpi içki mahsulotning 33,6 foizini taşkil etdi.

Birinçi örinni hali ham Xitoy egallab turibdi. Ma'lumotlarga köra, 2019 yil 1 oktabr holatiga köra, uşbu davlat qarzi miqdori 2,8 milliard dollarni taşkil etgan. Bu mablağlar Özbekiston hukumatining töğridan-töğri qarzi emas, asosan Xitoy Davlat taraqqiyot banki va Xitoyning Eksport-import banki kreditlarini aks ettiradi.

Ikkinçi örinda Yaponiya (1,8 milliard dollar), uçinçi poğonada Janubiy Koreya (560 million dollar). Fransiya törtinçi (345,8 million dollar), Germaniya beşinçi (286,5 million dollar), Rossiya oltinçi (150,6 million dollar), Saudiya Arabistoni yettinçi (122,1 million dollar). Boşqa mamlakatlar hissasiga (111,8 million dollar) töğri keladi.