Yaponiyaning Sony kompaniyasi Las-Vegasda ötayotgan Consumer Electronic Show 2020 körgazmasida özining ilk elektrokari Vission-S’ning konseptini taqdim qildi. Bu haqda The Verge naşri xabar berdi.

Elektromobil 33 ta turli taşqi va içki datçiklar, bir neçta keng ekranli displeylar va 360 Reality Audio audiotizimi bilan jihozlangan.


        
Bu loyihada Sony’dan taşqari, BlackBerry, Bosch, Nvidia, Qualcomm va boşqa texnologik kompaniyalar iştirok etmoqda. Elektromobil uçun asosni avtomobil ehtiyot qismlari işlab çiqaruvçi Magna kompaniyasi işlab çiqqan. 

Avtomobil har biri 268 ot kuçiga ega ikkita dvigatel bilan jihozlangan va 100 km/soat tezlikka 4,8 soniyada erişa oladi. Maşinaning maksimal tezligi 240 km/soatni taşkil qiladi. Ayni vaqtda yapon kompaniyasi elektrokarni qaçon seriyali tarzda işlab çiqarişi noma'lum.