Toshkent shahri 2022 yilda «Jahon kitob poytaxti» deb e'lon qilinishi mumkin
Shu kunlarda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas'ul vakillari shu kunlarda Fransiyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. Ular bugun YuNeSKO bosh direktori Odri Azule va direktor o‘rinbosari Moez Chakchuk bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuvda media sohasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish imkoniyatlarini muhokama qilingan.
YuNeSKO rahbari bugungi uchrashuv haqida «Tvitter»dagi sahifasida fikr bildirdi. «Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva bilan samarali uchrashuv. Bizning tashkilotimiz O‘zbekistondagi so‘z va media erkinligi, ma'lumot olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tarixiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi», — deb yozadi Azule.
Odri Azule YuNeSKOning Xalqaro universal axborot olish kuniga bag‘ishlangan konferensiyasini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha Agentlik taklifini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma'lum qilgan va Toshkent shahrini 2022 yilda «Jahon kitob poytaxti» deb e'lon qilinishi borasidagi tashabbusga ijobiy baho bergan.
«Muloqotda xalqaro loyihalarda o‘zbek jurnalist va blogerlarining ishtiroki, ularning tajribasini oshirish masalasida ham suhbatlashdik. YuNeSKO rahbariyati O‘zbekiston bilan barcha yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi», — deya ta'kidladi Allamjonov.
Agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaning yozishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekistonda OAV sohasini rivojlantirish, so‘z erkinligini ta'minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, gender tengligi masalalariga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlangan.
Ma'lum qilinishicha, YuNeSKO rahbarlari O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lish istagini bildirgan. Unga Fransiyaning «Assouline Publishing» nashriyoti bilan hamkorlikda tayyorlangan O‘zbekiston haqidagi kitob-albom sovg‘a qilindi.
Mavzuga oid
11:41 / 11.11.2024
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
23:45 / 08.11.2024
“Agar jurnalist haq bo‘lsa, biz uni tan olishimiz kerak” – prezident
18:37 / 30.10.2024
Saida Mirziyoyeva Fashion Trust Arabia taqdirlash marosimida ishtirok etdi
20:53 / 28.10.2024