«Maktabgaça ta'lim va tarbiya töğrisida»gi ÖRQ-595-son Qonun e'lon qilindi. U yarim yildan keyin kuçga kiradi.

 Norma’ning yozişiça, hujjatda maktabgaça ta'lim va tarbiyaning asosiy tamoyillari, uşbu sohadagi davlat siyosati yönalişlari, şuningdek Vazirlar Mahkamasi, Maktabgaça ta'lim vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, egaligida maktabgaça ta'lim taşkilotlari bölgan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilandi.

 Davlat va nodavlat şaklida, şu jumladan DXŞ şartlarida taşkil etilgan maktabgaça ta'lim taşkiloti quyidagi turlarda bölişi mumkin:

umumiy turdagi guruhlar – ularda umumiy rivojlaniş yönalişidagi guruhlarda davlat ta'lim dasturlari amalga oşiriladi;

köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan guruhlar – rivojlanişida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bölgan bolalar uçun;

inklyuziv guruhlar, ularda soğlom muhitga uyğunlaştiriş orqali bolalarning ta'limga bölgan alohida ehtiyojlari va şaxsiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda teng darajadagi ta'lim va tarbiya ta'minlanadi;

qöşma turdagi guruhlar – bitta taşkilotda rivojlanişida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bölgan va bunday nuqsoni bölmagan bolalarni alohida guruhlarda, şuningdek inklyuziv guruhlarda qöşma turda ta'lim olib boriladi.

 Maktabgaça ta'lim taşkilotining har bir turi uçun guruhlarni töldiriş normativlari belgilangan.

Şu örinda ta'kidlaş joizki, röyxatdan ötgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hokimiyatdan ruxsat beruvçi hujjatni olib, oilaviy nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari şaklida xizmatlar körsatişi mumkin. Ularda maktabgaça yoşdagi 25 nafar bolani öqitiş va tarbiyalaş mumkin.  

 Guruhlar yoşga doir toifalar böyiça ilk rivojlaniş (1 yoşdan 3 yoşgaça), kiçik (3 yoşdan 4 yoşgaça), örta (4 yoşdan 5 yoşgaça), katta (5 yoşdan 6 yoşgaça) guruhlarga va maktabga tayyorlov guruhiga (6 yoşdan 7 yoşgaça) bölinadi. Guruhlarni töldiriş va bolalarni bir guruhdan boşqasiga ötkaziş har yili öquv yili boşlanguniga qadar amalga oşiriladi. Maktabgaça ta'lim vazirligi bilan kelişuvga köra guruhlarni ularni töldirişning eng köp miqdori oşirilgan holda taşkil etişga yöl qöyiladi. Nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarida guruhlarni töldiriş tartibi maktabgaça ta'lim taşkilotlarini saqlaşga, ularning tuzilişiga va ulardagi iş rejimini taşkil etişga doir sanitariya-gigiyena talablari hisobga olingan holda ularning muassisi tomonidan belgilanadi.