Özbekiston taşqi işlar vazirligida ma'lum qilinişiça, 9 yanvarda Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi. 

Xabarda ta'kidlanişiça, xalqaro tadbirlar jadvalidagi ayrim özgarişlar sababli Rossiya taşqi işlar vazirining Toşkentga rasmiy taşrifi sanasi 12-13 yanvardan 15-16 yanvarga köçirilgan.  

Tomonlar muloqot davomida, şuningdek, ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi joriy masalalar böyiça fikrlar almaşişgan.

Lavrovning Özbekistonga taşrifining avval kelişilgan dasturining asosiy bandlari özgarişsiz qoladi. 

Avvalroq AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning Özbekistonga 5-6 yanvarga belgilangan taşrifi keyinroqqa qoldirilgandi.