Donald Trampning imiji butkul özgariş uçun 24 soat kifoya böldi. Dam oliş kunlarida AQŞ prezidenti Erondagi halokatli zarbalar berib, bu mamlakatdagi tarixiy va madaniy obidalarni yöq qiliş bilan tahdid qilayotgandi. Çorşanba kuni esa ortida mamlakatning yuqori lavozimli amaldorlari va Pentagon rahbarlari turgan Oq uy egasi xotirjamlik va tinçlikka çorlab nutq qildi, u Tehronning amerikaliklar bazalariga uyuştirgan raketa hujumlariga javoban uruş oçilmasligi va bunga jazo sifatida faqatgina iqtisodiy sanksiyalari qöllanişini ma'lum qildi.

«Bizda juda kuçli qurollar va texnikalar bor, [...] ammo bu biz ulardan foydalanişimizni anglatmaydi. Biz ularni qöllaşni istamaymiz», deya mulohazakorlik bilan qayd etgan Tramp.

(Çorşanba kuni keçqurun AQŞning BMTdagi doimiy vakili Kelli Kraft BMT Xavfsizlik kengaşiga noma yölladi, unda Vaşington «Eron bilan oldindan şartlar qöymagan holda jiddiy muzokaralar boşlaşga tayyorligi» qayd etilgan. U AQŞning maqsadi «jahonda tinçlik va xavfsizlikka ehtimoliy tahdidlarning oldini oliş ekani»ni ta'kidlagan.)

Oq uydagilar Tehronning rejalaridan qanday voqif bölişdi?

Eron televideniyesi ma'lumotiga köra, raketalar Amerika bazasiga uçiriliş jarayoni

Hujum kuni Iroq boş vaziri Odil Abdul-Mahdiy raketalar zarbasidan biror jabrlanuvçi bölmaganini Iroq hukumati hujum haqida oldindan ogohlantirilgani bilan izohladi. Tehronning «oldindan ogohlantiruvi» haqidagi xabar çindan ham boş vazirning feysbukdagi rasmiy sahifasida hujum boşlanişidan bir soat oldinroq e'lon qilingandi.

AQŞ ma'muriyatidagi manba esa Bi-bi-si muxbiriga bergan intervyusida Oq uydagilar bölajak hujum haqida Iroq hukumatidagilardan ham oldinroq xabar topganini ma'lum qilgan.

Amerikadagi bir qança naşrlar ma'lumotiga köra, jumladan, CNN va ABC telekanallari, Iroq ğarbidagi Ayn al-Asad bazasidagi va Iroq Kurdistoni hududidagi Arbil şahrida joylaşgan xalqaro koalitsiyaning muvofiqlaştiriş markazidagi harbiy xizmatçilar hujum vaqtida bexavotir joyda - yer osti bunkerlarida bölişgan. Bundan taşqari, Pentagondagi manbalar ma'lumotiga köra, harbiy bazalardagi barça xodimlar himoya kostyumlarida bölişgan, ularda hujumga tayyorgarlik uçun yetarli vaqt bölgan.

«Oldindan körib qöyilgan çoralar amerikalik harbiylar hayotini saqlab qolişga imkon berdi», degan çorşanba kuni AQŞ Davlat departamenti rasmiysi jurnalistlarga telefon orqali ötkazilgan brifingda.