Eron Ukraina samolyoti tasodifan urib tushirilganini tan oldi

Foto: AP Photo/Ebrahim Noroozi
Eron rasmiylari Tehron yaqinida «Ukraina xalqaro aviayo‘nalishlari»ning samolyoti «tasodifan» urib tushirilganini xabar berishdi.
Bu haqda shanba kuni Associated Press va Reuters axborot agentliklari Eron rasmiylarining mahalliy televideniye orqali tarqatilgan rasmiy bayonotiga asoslanib ma'lum qildi.
A sad day. Preliminary conclusions of internal investigation by Armed Forces:
— Javad Zarif (@JZarif) January 11, 2020
Human error at time of crisis caused by US adventurism led to disaster
Our profound regrets, apologies and condolences to our people, to the families of all victims, and to other affected nations.
💔
Ta'kidlanishicha, fojiaga «inson omili» sabab bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, sodir bo‘lgan voqea uchun aybdorlar javobgarlikka tortiladi.
Eron qurolli kuchlari rahbariyati aviahalokatda halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
Keyinchalik ISNA agentligi tomonidan tarqatilgan bayonotda bildirilishicha, Tehron osmonidagi fojia AQSh tomonidan raketa hujumlari tahdidi va Eron chegaralari yaqinida AQSh harbiy aviatsiyasining parvozlari ortishi fonida sodir bo‘lgan.
8 yanvar kuni ertalab, Ukraina aviayo‘nalishlarining samolyoti Tehron aeroportidan parvozga ko‘tarilganidan keyin bir muncha vaqt o‘tib halokatga uchradi. Samolyot bortida jami 176 yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan to‘qqiz nafari ekipaj a'zolari edi. Halokat natijasida barcha insonlar halok bo‘ldi.
Samolyot Eron AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga raketa zarbalari bergan oqshomda qulagan edi.

Bir qator Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, Ukraina ham samolyotga raketa zarbasi berilgani haqidagi versiya mavjudligini inkor etmadi. Shu bilan birga, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, shuningdek, AQShning qator ommaviy axborot vositalari razvedka xizmati va Oq uydagi manbalarga tayanib, Eron raketasi samolyotni tasodifan urib tushirgan bo‘lishi mumkinligini istisno etishmadi.
Tehron dastlab bunday taxminlarni rad etib, dvigatel avariyaga sabab bo‘lganini ta'kidladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
Jahon | 20:02
-
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
Jahon | 19:56
-
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
Jahon | 19:47
-
Qozog‘istonda onasidan ajralgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 19:10
Mavzuga oid

15:46
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi

11:50
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi

20:32 / 12.05.2025
Tehronda Eron prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

16:27 / 12.05.2025