Yaqinda saytimiz orqali «Rossiyadagi hayot, odamlarning munosabati, 15-16 soatlik iş, qiyinçiliklar va orzular - musofirçilikdagi özbek ayoli bilan suhbat» sarlavhali maqola e'lon qilgan edik.

Unda sirdaryolik 39 yoşli Dilorom Mahammatova haqida söz borgandi. Dilorom opa Rossiyadagi salkam 8 yillik hayoti, körgan-keçirganlari, musofirçilikdagi qiyinçiliklar, Moskvadagi özbeklar va özbek ayollariga munosabat haqida gapirib bergan edi.  

Oradan köp vaqt ötmay Dilorom Mahammatova yaxşi insonlar kömagi bilan Moskvadan uyiga, Özbekistonga qaytdi. Dilorom opani kutib oliş maqsadida dastlab Toşkent xalqaro aeroportiga bordik. U yerga bizdan taşqari, Dilorom opaning otasi va farzandlari ham kutib olişga kelişgan ekan. Ular bilan körişib, suhbatlaşdik.  

Şundan söng Moskva-Toşkent yönalişidagi samolyotda aeroportdan çiqib kelgan Dilorom opani qizlari, öğli va otasi quçoq oçib kutib olişdi.  

Biz Dilorom opa xonadonida mehmon böldik. Ular Sirdaryoning Xovos tumanidagi oddiygina xonadonda hayot keçirar ekan. Dilorom opa va otasi Fayzulla Mahammatov bilan suhbatlaşdik. 

«Bir intervyu bilan uygaça yetib keldim. Judayam xursandman. Şu yergaça yetib kelişimga yordam berişgan barça yaxşilarga öz minnatdorçiligimni bildiraman. Ular uçun har doim duodaman. Otam va farzandlarim yonida özimni judayam yaxşi his qilyapman. Men uçun eng katta baxt - oilam soğligi, tinçligi. Endi bahorda öğlimni uylantiraman. Özimga yaraşa töy qilaman. Dabdabali töy qiliş niyatim yöq. Aytib ötganimdek, eng katta orzuim mehribonlik uyidagi bolalarga sunnat töy qilib beriş. Töydan keyin ikkita farzandim uçta böladi. Agar özimizdan iş topa olsam, Moskvaga ketiş niyatim yöq. Yana bir bor barçaga rahmat» deydi Dilorom Mahammatova.