Sindzo Abe to‘rtinchi muddatga qayta saylanishini istisno etdi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 2021 yil sentyabrda vakolatlari tugagandan keyin o‘z lavozimida qolishni rejalashtirmayapti. Uning aytishicha, u Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi lavozimiga nomzodini qo‘yish haqida “umuman o‘ylamayapti”.
“Menda umuman bunday fikr yo‘q”, deb aytgan Abe NHK telekanaliga bergan intervyusida. Abe joriy yilda parlamentning quyi palatasini tarqatib, navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazishi mumkinligi haqida OAVda tarqalgan xabarni shu tariqa rad etgan.
Bosh vazir vakolatlarining uzaytirilishini Liberal-demokratik partiya va hukumatning ko‘pchilik a'zolari qo‘llab-quvvatlamoqda. Yaponiya hukmron partiyasi nizomiga ko‘ra, uning yetakchisi uch martadan ko‘proq qayta saylana va 9 yildan ko‘proq o‘z lavozimni egallay olmaydi. Abe esa partiya raisi lavozimiga 2012 yilda saylangan.
2019 yil sentyabrda Yaponiya bosh vaziri o‘z hukumatida katta ko‘lamli o‘zgartirishlar amalga oshirib, uning tarkibini yoshartirgan edi. Hukumatning yangi a'zolaridan birortasi Abe 2021 yil iste'foga ketgandan keyin uning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024