Özbekistonning Polşadagi elçixonasi bergan ma'lumotga köra, 2020 yil 8 yanvar kuni sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida Özbekiston fuqarosi I.R. köp sonli jarohatlar bilan oğir ahvolda Varşava şahridagi Milliy mudofaa vazirligi Harbiy-tibbiy instituti Markaziy klinik şifoxonasining intensiv terapiya klinik bölinmasiga yotqizilgan va muolaja olmoqda.

Taşqi işlar vazirligi xabarida aytilişiça, YTH böyiça Varşava şahrida politsiya tergov tadbirlarini olib bormoqda.

Mavjud ma'lumotlarga köra, I.R. universitetlardan birining talabasi hisoblanadi.

Elçixona konsullik bölimi vakillari klinikaga borib, bemorning holidan xabar oldilar va hamyurtimizning qarindoşlarini qidirişmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Polşa hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga zarur holatlarda Özbekistonning Varşava şahridagi elçixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötgan: +48-22-894-62-30 (2)