Internet tarmoğida fuqarolarning “Recruit Consulting Work Xususiy bandlik agentligi” MÇJ işçilari ularga Şveytsariya va Avstriyada işga joylaşişda yordam berişlarini va'da qilib, xizmat uçun pul olgaç va'dalarida turmaganliklari haqida videosi tarqaldi. Aldangan fuqarolar videomurojaatni internetga joylaştirişga qaror qilişgan.

Toşkent şahar IIBB axborot xizmati ma'lum qilişiça, ötgan yilning iyul oyida 37 yoşli D.I., 45 yoşli M.K. yuqoridagi mas'uliyati çeklangan jamiyatga murojaat qilişgan va u yerda ularga 25 million söm va 16 million söm evaziga qarindoşlarini çet elda işga joylaştiriş va'da qilingan. Şu bilan birga, korxona tomonidan bir martalik konsultatsiya uçun şartnoma tuzilib, fuqarolarga taqdim etilgan. Aldangan ayollar uşbu şartnomalarni imzolaganlar va tölov töliq MÇJ hisob raqamiga ötkazilgan.

Tergov davomida aniqlanişiça, uşbu ayollardan taşqari mazkur MÇJga yana 22 kişi murojaat qilişgan va ularga ham xuddi şunday şartnomalar taqdim etilib, jami 445 000 000 söm olingan. MÇJ rahbarlari va'da qilgan işlarini bajarmasdan, pullarni öz ehtiyojlariga sarflaganlar.

Uşbu fakt asosida MÇJ rahbarlariga nisbatan 2019 yil 23 noyabr kuni Toşkent şahar prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) 4-qismi böyiça jinoiy iş qözğatildi.

2019 yil 23 dekabr kuni MÇJ ofisida ötkazilgan tintuv davomida aşyoviy dalillar sifatida quyidagilar topilgan: imzolangan şartnomalar, sertifikat, muhr va boşqa hujjatlar. 2019 yil 27 dekabr kuni MÇJning hisob raqami “muzlatildi”.

IIBB ma'lumotida aytilişiça, “Recruit Consulting Work xususiy bandlik agentligi” MÇJning jinoiy faoliyatidan jabr körganlar Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasiga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilişlari mumkin: 71-281-90-75, 71-252-55-02, 71-281-92-31, 71-281-91-85.