2019 yilda Dunyo okeani harorati rekord darajaga yetdi. Bu esa global isişdan darak beradi, deb yozmoqda The Guardian naşri.

Minnesotadagi Avliyo Tomas universiteti (AQŞ) professori Jon Abraxamning ma'lum qilişiça, oxirgi 5 yil okean harorati oşişi böyiça rekordçi yillar hisoblanadi.

Olimning ta'kidlaşiça, okeanlar isişi kuçliroq ştormlarga olib keladi va suv aylanişini izdan çiqaradi. Bu esa köproq toşqinlar, qurğoqçilik va örmon yonğinlari hamda dengiz sathi kötarilişiga olib keladi.

“Aynan okeanlar sizga Yer qançalik tez qiziyotganini aytadi. Biz 2019 yil kuzatuvlar tarixidagi nafaqat eng issiq yil bölgani, balki oxirgi ön yillikda eng katta bir yillik ösişni namoyiş qilganini aniqladik”, deb aytgan Abraxam.     

Olimlarning ta'kidlaşiça, asr oxirigaça dengiz sathi kötarilişi 1 metrga yaqinni taşkil qilişi mumkin. Bu esa 150 mln kişining boşqa joylarga köçib ötişiga olib keladi.