Xalq ta’limi vazirligi ortidan Oliy ta’lim vazirligi ham 24 yanvar kunidan ta’lim muassasalarida öqişlar masofadan olib borilişi haqida rasman ma’lum qildi.
«Soğliqni saqlaş vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatining taklifiga asosan koronavirus infeksiyasining yangi ştammi bolalar va yoşlar örtasida tarqalişi yuqoriligini e’tiborga olgan holda barça oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda (barça ta’lim şakllari va turlari böyiça) joriy yilning 24 yanvaridan boşlab, bir oy muddat davomida ta’lim oliş tizimi masofaviy (onlayn) şaklda olib boriladi.
Bunda tajribadan kelib çiqqan holda onlayn ta’lim jarayoni sifatli tarzda taşkil etilib, barça zarur resurslar safarbar etiladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Qöşimça qilinişiça, temir yöl çiptalari uçun 50 foiz çegirmalar saqlab qolinadi va 24 fevralga qadar avia va temir yöl çiptalari bepul tarzda boşqa muddatga almaştirib beriladi.
Mazkur masalalarni muvofiqlaştiriş maqsadida vazirlikda Maxsus ştab taşkil etilgan bölib, 21 yanvar soat 9:30 dan barça taşkiliy masalalar yuzasidan quyidagi işonç telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qiliş mumkin.
«Şu örinda bugungi murakkab vaziyatdan çiqib ketişning yagona yöli bu vaksinatsiya, şu bois sizlardan özingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qiliş uçun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnaşişingizni sörab qolamiz.
Epidemiologik vaziyatdan kelib çiqib, sizdan yöl çiptalarini almaştirişni bir oylik muddat davomida qaytiş sanasi aniq bölgandan keyin şoşmasdan amalga oşirişingizni söraymiz!» deya qayd etilgan xabarda.
Bundan oldinroq Xalq ta’limi vazirligi 24 yanvardan boşlab maktablar bir oy davomida onlayn şaklda faoliyat olib borişini ma’lum qilgandi.
















