O‘zbekiston | 02:03 / 14.01.2020
54720
2 daqiqa o‘qiladi
Prezident farmonlari bilan poytaxt va viloyatlar hokimlari lavozimlariga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasining 12 ta viloyati va Toshkent shahar hokimini lavozimiga tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyeyovning farmonlari qabul qilindi.
Bu haqda Prezident rasmiy saytida e'lon qilinmoqda.
Jumladan, farmonlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining qarorlariga muvofiq:
- Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqboyevich Andijon viloyati hokimi lavozimiga;
- Barnoyev O‘ktam Isoyevich Buxoro viloyati hokimi lavozimiga;
- Saliyev Ergash Alibekovich Jizzax viloyati hokimi lavozimiga
- Tursunov Qobul Beknazarovich Navoiy viloyati hokimi lavozimiga;
- Bozorov Xayrullo Hayitboyevich Namangan viloyati hokimi lavozimiga;
- Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Samarqand viloyati hokimi lavozimiga;
- Mirzayev G‘ofurjon G‘aniyevich Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga;
- Bobolov To‘ra Abdiyevich Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga;
- Xolmatov Rustam Qurbonnazarovich Toshkent viloyati hokimi lavozimiga;
- G‘aniyev Shuhrat Madaminovich Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga;
- Ermanov Farxod O‘rozboyevich Xorazm viloyati hokimi lavozimiga;
- Mirzayev Zoyir Toirovich Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga;
- Ortiqxo‘jayev Jahongir Obidovich Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlangan.
Mavzuga oid
14:48 / 03.11.2020
NamDU rektori: «Ta'lim-tarbiya va ilm-fan borasidagi yangi farmon ta'limda korrupsiyani kamaytiradi»
23:58 / 22.09.2020
2021 yil 1 yanvardan identifikatsiya ID-kartalari joriy etiladi - Prezident farmoni
20:54 / 25.07.2020
Tibbiyot OTMlarini davlat granti asosida bitirganlar 1 yilgacha vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarga jalb qilinadi - Prezident farmoni
20:52 / 25.07.2020