Voqea 14 yanvar ertalab mamlakat poytaxti Akkradan 200 km uzoqlikdagi Dompoase aholi punkti yaqinida yuz bergan.

Peshonama-peshona to‘qnashuvda 29 kishi, jumladan ikki haydovchi voqea joyida, yana 5 kishi shifoxonada jon bergan. Jarohatlanganlardan ba'zilarining ahvoli og‘ir.