2020 yil 14 yanvar kuni soat 08:20larda Namangan viloyati Uyçi tumanida yöl-transport hodisasi röy berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, Olmurut mahallasi hududidan ötgan “Namangan-Uyçi-Uçqörğon” avtomobil yölining 22-kilometrida, Uçqörğon tumanida yaşovçi, 1977 yilda tuğilgan M.N. işonç qoğozi bilan şu tumanda yaşovçi, 1946 yilda tuğilgan M.M.ga tegişli “Neksiya” rusumli avtomobilni boşqarayotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan.
M.N. qarşisidan harakatlanib kelayotgan, Uçqörğon tumanida yaşovçi, 1965 yilda tuğilgan M.A. boşqaruvidagi (Namangan-Uçqörğon yönalişida qatnovçi, avtobus salonida 30 nafar yölovçisi bölgan) “Isuzi” avtobusi bilan töqnaşuv sodir etgan.
Natijada “Neksiya” avtomobili yölovçisi, Uçqörğon şahrida yaşagan, 1960 yilda tuğilgan A.M. voqea joyida halok bölgan. Haydovçi M.N. hamda yölovçilari, Uçqörğon şahrida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan A.L. va Uçqörğon tumanida yaşovçi, 1981 yilda tuğilgan X.X. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonasiga yotqizilgan.
Şuningdek, “Isuzi” avtobusining 11 nafar yölovçilariga kasalxonada tibbiy yordam körsatilib, uylariga javob berilgan.
“Hurmatli yöl harakati iştirokçilari, yöllarda harakatlanganda yöl harakati qoidalariga amal qiling. Yöl huşyorlik va intizomini yoqtiradi, buni har doim yodda saqlang”, - deyiladi YHXBB xabarida.

















