“Qimmatli qoğozlar bozori töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiladi. Tegişli qonun loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyunda qabul qilingan “Qimmatli qoğozlar bozori töğrisida”gi Qonuni 10-moddasida (Emissiyaviy qimmatli qoğozlarning çiqarilişini davlat röyxatidan ötkazganlik uçun yiğim):
birinçi qism quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Emissiyaviy qimmatli qoğozlarning çiqarilişini davlat röyxatidan ötkazişda emitent mazkur çiqarilişdagi emissiyaviy qimmatli qoğozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirişga kömaklaşiş jamğarmasiga yiğim tölaydi.”.
Amaldagi tahrirga köra, emissiyaviy qimmatli qoğozlarning dastlabki çiqarilişini davlat röyxatidan ötkazişda emitent mazkur çiqarilişdagi emissiyaviy qimmatli qoğozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida respublika budjetiga yiğim tölaydi.
10-modda ikkinçi qismidagi “respublika budjetiga” sözlari “Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirişga kömaklaşiş jamğarmasiga” sözlari bilan almaştiriladi.
Amaldagi tahrir: ilgari röyxatdan ötkazilgan çiqarilişdagi emissiyaviy qimmatli qoğozlarning nominal qiymati oşirilgan taqdirda, emitent mazkur çiqarilişdagi emissiyaviy qimmatli qoğozlar nominal qiymati oşgan summasining 0,01 foizi miqdorida respublika budjetiga yiğim tölaydi.
16-moddaning (Qimmatli qoğozlarga doir bitimlarni tuziş va röyxatdan ötkaziş) uçinçi qismdagi “Özbekiston Respublikasi Davlat budjetiga” sözlari “Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirişga kömaklaşiş jamğarmasiga” sözlari bilan almaştiriladi.
Hozirgi tahrir: Fond birjasida emissiyaviy qimmatli qoğozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvçi (bundan emitent mustasno) Özbekiston Respublikasi Davlat budjetiga bitim summasining 0,01 foizi miqdorida yiğim tölaydi. Bunda sotuvçining, şu jumladan Özbekiston Respublikasi norezidentining tuzilgan bitim böyiça daromadlariga yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği va jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği solinmaydi.












