«Yuksaliş» umummilliy harakati Özbekiston şaharlari va aholi punktlarida transport harakatining ruxsat berilgan eng yuqori tezligini 70dan 60 km/soatgaça pasaytiriş taklifi bilan çiqdi.

«Ommaviy axborot vositalarida deyarli har kuni Özbekistonning turli hududlarida sodir bölgan yöl-transport hodisalari haqidagi xabarlar quloqqa çalinadi, açinarlisi, ularning aksariyati ölim bilan yakun topmoqda.

Qayta aloqa tizimlari (Telegram˗bot, elektron manzil, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar) orqali hamda hududlardagi bevosita uçraşuvlar çoğida «Yuksaliş» umummilliy harakatiga yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş bilan boğliq köplab murojaatlar kelib tuşmoqda. Fuqarolar yöllardagi vaziyat, transport inratuzilmasi sifati, aholining, ayniqsa, bolalar va yoşlarning yöl harakati qoidalarini biliş darajasidan xavotirda.

Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, respublika hududida yiliga örtaça 9˗10 ming yöl˗transport hodisalari sodir böladi, ulardan ikki mingdan ortiğida insonlar halok bölmoqda. 2018 yilning özida Özbekistonda 2 262 nafar kişi YTH qurboni böldi. Halok bölganlar soni 2017 yilga nisbatan 8,5 foizga kamaygan bölsada (2 473 kişi), bu körsatkiç hamon yuqori - bir kunda 6 kişi.

Harakatlar strategiyasiga muvofiq, respublikada yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş, avtotransport boşqariş va avtomobil harakati yöllarida piyodalar madaniyatini oşiriş sohasi ham takomillaştirilyapti. 2018-2022 yillarda Özbekiston Respublikasida Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş Konsepsiyasi qabul qilindi. U normativ˗huquqiy bazani takomillaştiriş, yöl harakati iştirokçilarining huquqiy madaniyatini oşirişni maqsad qilgan.

Şunday bölsada, Özbekiston şaharlari va aholi yaşaş punktlarida avtotransport harakat tezligini 70dan 60 km/s.ga pasaytiriş töğrisidagi taklif tasdiqlanmadi. Bu taklif jamoatçilik muhokamasi uçun joylaştirilgan hujjat loyihasida bildirilgan edi.

Xorij tajribasidan şuni aytiş mumkinki, dunyoda ruxsat etilgan eng yuqori harakat tezligi 70 km/s.ni taşkil etgan mamlakatlar köp emas. MDHning qator davlatlari, Armaniston, Gruziya, Ozarboyjonda aholi yaşaş punktlarida ruxsat etilgan eng yuqori harakat tezligi 60 km/s hisoblanadi. Ukrainada 2019 yil 1 yanvaridan yöllarda ölim holatlari sonini kamaytiriş çoralaridan biri sifatida maksimal harakat tezligi 60dan 50 km/s.ga kamaytirildi. Yevropaning 29ta mamlakatida harakatlaniş tezligi 50 km/s, London şahrida 48 km/s.ni taşkil etadi.