2020 yilning 16-19 yanvar kunlari qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xöjayev boşçiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasiga taşrif buyuradi.
Özbekistonning Germaniyadagi elçixonasi bergan ma'lumotga köra, taşrif çoğida Özbekiston delegatsiyasi «Yaşil hafta – 2020» xalqaro körgazmasi va qişloq xöjaligi vazirlarining Berlin konferensiyasida iştirok etadi.
Özbekiston delegatsiyasining Berlinga taşrifi dasturida işbilarmon şeriklar bilan uçraşuvlar ötkaziş bilan bir qatorda Germaniyaning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi federal vaziri Yuliya Klyokner hamda Polşa, Belarus, Livan, Moldova, Ukraina va boşqa davlatlarning qişloq xöjaligi vazirlari bilan muzokaralar ötkaziş rejalaştirilgan.












